Risharlison o'zi tavallud topgan shaharga 6 tonnadan ziyod oziq-ovqat mahsulotlarini xayriya qildi
Eldor Akmurzayev
20 iyul 2019, 22:10
Everton hamda Braziliya terma jamoasi a'zosi Risharlison o'zi tug'ilgan Nova-Venesiya shahri aholisiga 6 tonnadan ko'proq oziq-ovqat xayriya qildi.
Braziliyada o'tkazilgan Kopa Amerika-2019'da terma jamoa bilan muvaffaqiyat qozongan 22 yoshli forvard musobaqadan so'ng xayriya maqsadida o'rtoqlik o'yini o'tkazgan va undan tushgan pullarni 6,4 tonna oziq-ovqatni sotib olishga sarflagan.