Rio Ferdinand Yevropaning ayni damdagi eng kuchli jamoasini aytdi

Mirjalol Normatov
28 noya 2024
Sobiq futbolchi Rio Ferdinand "Liverpul"ning "Real" ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.

Ushbu uchrashuvda Mersisayd klubi madridliklarni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

"Ular Yevropadagi barcha klublarga chaqiruv tashlagandek bo'lishdi.  Ayni damda "Liverpul" Yevropaning eng kuchli jamoasidek ko'rinmoqda.

Ular jamoa sifatida g'alabalarga tashnadek ko'rinishyapti. Shu sababli "Liverpul" nafaqat natijalarga erishmoqda, balki, g'alabaga o'chdek ko'rinishyapti.

"Liverpul" o'zini boshqara oladi, jamoa tarkibida Saloh kabi futbolchilar borki, qotil kabi harakat qilishadi. Ularning barcha futbolchilari yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda deb hisoblayman", - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TNT Sports