Rio Ferdinand: Angliya terma jamoasi o'ziga xosiligini yo'qotdi

Tolibjon Qosimov
13 avg 2013, 12:09
Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Ush sherlar" terma jamoasi ayni vaqtda inqirozni boshdan kechirmoqda deb hisoblaydi.
"O'sha Xoddl davridan buyon Angliya terma jamoasi jamoasi o'yinini tomosha qilib, uning o'ziga xosligi ko'rilmadi va hech kim uning o'yinini tomosha qilib, "Ha, bu - Angliya terma jamoasi", deydigan holat ko'zga tashlangani yo'q. Agar futbolka ortidagi familiyalar va rangga e'tibor qaratilmay, faqat o'yinning o'ziga qarab "Bu Angliya termasi, bu esa bizning o'zigga xos o'yinimiz, biz mana shunday o'ynaymiz deb aytib bo'lmaydi".

"Italiya, Gollandiya, Ispaniya, Germaniya va Braziliya terma jamoalariga qarang - futbolkadagi ismlarni ko'rmay turib ularni jaratib ololasiz. Chunki ular o'zlarining uslublari bo'yicha o'ynashadi. Bizning yoshlar, o'smirlar va asosiy termamiz o'yinlarida esa hech qanday bog'liqlikni topa olmaysiz".

"Bunda esa Angliya terma jamoasi uchun hech qanday foydali jihat yo'q", deydi Rio Ferdinand.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru