
Noyer yomon darvozabon emas. Lekin u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga loyiq o'yin ko'rsatdi deb o'ylamayman. Lev Ivanovich Yashin o'z vaqtida bu sovringa haqli bo'lgan va taqdirlangan. Uchrashuvni bezab beradigan lavhalar gollar bilan to'ldiriladi. Darvozabonlarning ishi bu vaziyatda ikkinchi darajaga aylanib qoladi.
Ko'plab zo'r darvozabonar bo'lgan. Bular safiga Dino Zoff, Xarald Shumaxer, Buffon, Kasilyas kabi posbonlar ham o'z vaqtida ushbu sovrinni yutishga munosib bo'lishgan. Menimcha, Noyer "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmaydi.