​RFI UEFAdan chiqib ketish uchun xat yuboradi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2022, 18:35
Manbaning xabar berishicha, RFI UEFAdan chiqish niyati haqida xat yuborishga qaror qilgan.

"Ertaga bu qaror (agar favqulodda hech narsa sodir bo'lmasa) ijroiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Xat shu yil yuboriladi. Ammo muhim bir jihat bor.

Bu xat hali chiqish ketildi, degani emas. Bu faqat chiqib ketish niyati bildirilgan maktub bo'ladi (qoidalarga ko'ra, u moliyaviy yil oxirigacha ma'lum bir muddatda yuborilishi kerak. Yani, moliyaviy, taqvim yakunida emas). 

Aslida, bu zaruriy qonuniy jarayon bo'lib, u bizni UEFAdan ketishga majbur qilmaydi, ammo bu holda yana bir yil kutmaslikka imkon beradi. Ammo u yo'llangach ham, "endi nima qilamiz" degan mavzuda turli muhokamalar (jumladan, Yevropa futboli mutasaddilari bilan) davom etadi", – deyiladi manba xabarida.

Avvalroq Rossiya OFKga o'tish haqidagi yakuniy qarorni 27 dekabr kuni qabul qilishi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/offsider