RFI NOVATEK bilan shartnoma tuzdi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2015, 16:41
NOVATEK OAJ Rossiya futbol ittifoqining rasman yangi homiyi bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, RFI prezidenti Vitaliy Mutko va NOVATEK boshqaruv raisi Leonid Mixelson 2018 yilgacha bo'lgan shartnomaga imzo chekishdi.

2013 yilning oktyabrida RFI NOVATEK bilan bir yillik bitim imzolagan edi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, avvalgi shartnoma mablag'i 260 mln. rubl edi.

Oldinroq RFI "Norilskiy Nikel" kompaniyasi bilan shartnoma tuzgani e'lon qilingan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RFI