RF bosh vaziri o'rinbosari Rossiya terma jamoasi mashg'ulotiga tashrif buyurdi

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2017, 14:44
Rossiya terma jamoasi 17 iyundan 2 iyulgacha bo'lib o'tadigan Konfederatsiyalar Kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Strelcov nomidagi stadionda o'tkazilgan bugungi mashg'ulotga Rossiya bosh vaziri o'rinbosari va Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko tashrif buyurdi.

Stanislav Cherchesov qo'l ostidagi Rossiya terma jamoasi to'liq tarkibda mashg'ulot o'tkazmoqda.

Rossiyaliklar Konfederatsiyalar Kubogidagi ilk uchrashuvni 17 iyun kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com