"Reynjers" "Karpatlik Maradona"ning o'g'lini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
28 may 2020
"Reynjers" "Genk" yarim himoyachisi Yanis Xadjini xarid qilganini e'lon qildi.

Shotlandiyaliklar 21 yoshli ruminiyalik yarim himoyachini yanvar oyida ijaraga olishgandi va ular endilikda futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash bo'yicha oldingi kelishuv shartida ko'rsatilgan banddan foydalanishdi.

Sky Sports xabariga ko'ra, "Reynjers" uch mavsum davomida belgiyaliklarga 3 million funt sterling to'laydi.

"Karpatlik Maradona" laqabi bilan tanilgan George Xadjining o'g'li "Reynjers" safida 12 uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rangers.co.uk

O'xshash yangiliklar