"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi "Reynjers" bilan muzokaralar o'tkazmoqda

Sherzod Nurmatov
13 okt 2025, 19:52
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi va murabbiyi Maykl Kerrik Shotlandiyaning "Reynjers" jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi ko'rib chiqilmoqda.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, angliyalik mutaxassis Shotlandiya jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lishga da'vogarlardan biri. Kerrik hozircha klubsiz. Uning so'nggi ish joyi "Midlsbro" bo'lib, u bu klubni 2024/2025 yilgi mavsum yakunida tark etgandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda Stiven Jerrard "Reynjers" bosh murabbiyligiga qaytishi qaytishi haqida xabarlar tarqalgan, biroq "Liverpul" sobiq yarim himoyachisi Shotlandiya klubi taklifini qabul qilmagandi. "Reynjers" hozirda milliy chempionat jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail