"Reyms" o'z futbolchisini 35 million evroga sotishga tayyor. U Angliyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
26 apr 2022, 10:38
"Reyms" forvardi Yugo Ekitike faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

19 yoshli francuz uchun hali ham uni qishda xarid qilmoqchi bo'lgan "Nyukasl" klubi da'vogarlik qilmoqda. O'yinchiga shuningdek "Liverpul", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

"Reyms" shuningdek Ekitike bilan 35 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor.

Ekitike joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 3ta assist qayd etdi. O'yinchining shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Shields Gazette