"Revan"da mag'lubiyat, Alibobo Rahmatullaev to'liq o'ynadi

Hamyurtimiz Alibobo Rahmatullaev "Revan" safida uchinchi o'yinini o'tkazdi.

"Gabala" klubini qabul qilgan "Revan" 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Maydon egalari safida Rahmatullaev to'liq o'ynadi. "Revan" 6ta o'yindan so'ng 2 ochko bilan 10 jamoa orasida 9-o'rinda bormoqda. Jamoa keyingi uchrashuvni 2 oktyabr kuni safarda AZALga qarshi o'tkazadi.


Ozarboyjon chempionati, 6-tur. Turnir jadvali

"Revan" - "Gabala" 0:3
Gollar
: Dodo 37, Zaragov 58, Gay 78.


Manba: championat.asia