

“Bu borada menga mashg'ulotlar yordam berdi deya olmayman. Ochig'i, eng muhim o'zgarishlardan biri – yangi menejer va murabbiylarning kelishi. Ular klub mentalitetini avvalgi darajaga qaytarishdi va bu menga juda katta ta’sir o'tkazdi.
Shuningdek, yozgi tatilni to'g'ri tashkil qilganim ham menga ijobiy ko'rinish berdi. Faoliyatimning boshidan buyon futbolni boshimdan chiqarib yuborgan holda yaxshi dam olish imkoni bo'lmagan, ammo o'tgan yozda buning uddasidan chiqdim. Maydonga qaytish juda xohlayotganimning omillaridan biri shu edi. Qaytishga “chanqoq” edim va mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutdim.
Ten Xagning asosiy sifati, menimcha, qatiyatlik. U uchun har bir jihat muhim. Agar 2:0 yoki 3:0 hisobida oldinda bo'lganimizda gol o'tkazib yuborsak, u bundan xursand bo'lmasligini bilamiz. Va bu butun jamoaga ta’sir qiladi. Endi men va qolgan hujumchilarimiz ham o'z darvozamiz dahlsizligini saqlab qolishga intilyapmiz.
Ilgari 1:0 natijasi bilan oldinda borganimizda gol o'tkazib yubormaslik juda muhim sanalardi, ammo 4:0 hisobidagi ustunlikda o'tkazib yuborilgan gol u qadar qo'rqinchli emasdi. Hozir esa har daqiqada yuqori darajada bo'lishga harakat qilmoqdamiz va gol o'tkazib yubormaslik uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilamiz”, deydi Reshford.



