Reshford: "Sakrashim Ronalduning darajasida emas, lekin buning ustida ishlayapman"

Tolibjon Qosimov
27 dek 2019
Kecha APL 19-turi doirasida "Manchester Yunayted" jamoasi "Nyukasl"ni qabul qildi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda Markus Reshford 41-daqiqada Van-Bissakaning to'p uzatishidan so'ng boshi bilan gol urdi. Markus bahsdan so'ng ana shu goli haqida yozdi.

"Hozircha Ronalduning sakrashi darajasida emas, lekin buning ustida ishlayapman", - deb yozdi Reshford o'zining tvitterdagi sahifasida.


Eslatib o'tamiz, Reshford APLda 19 turdan so'ng 11ta gol bilan to'purarlar poygasida uchinchi o'rinda bormoqda. U bilan birga Temmi Abraham ("Chelsi") va Denni Ings ("Sautgempton")lar ham shunchadan gol urishgan.


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/MarcusRashford