Reshford Sulsherning natijasini yangiladi

Mirjalol Normatov
29 okt 2020, 03:36
"Manchester Yunayted" YCHLning 2-turida "Leyptsig"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda 3 gol urgan Markus Reshford 64-daqiqada birinchi gol muallifi Meyson Grinvudning o'rniga maydonga tushgandi.

Bunga qadar YCHLda zaxiradan maydonga tushib, xet-trik qayd etgan 4 futbolchi bor edi: Kilian Mbappe (PSJ, 2019 yil), Xoseba Lorente ("Vilyarreal", 2008 yil), Valter Pandiani ("Deportivo", 2001 yil), Uve Resler ("Kayzerslautern", 1998 yil).

Shuningdek, Reshford MYU tarkibida zaxiradan maydonga tushib, xet-trikni nishonlagan ikkinchi futbolchiga aylandi. Dastlabki natija 1999 yili Ole-Gunnar Sulsher tomonidan "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinda qayd etilgandi.

Ushbu g'alabasi orqali MYU o'z guruhida yaqqol peshqadamga aylanib oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal