Renatu Sanshesh nega "Bavariya"ni tanlaganini tushuntirdi

23 may 2016, 23:55
"Bavariya" klubining yangi a'zosi portugaliyalik Renatu Sanshesh bir qator takliflar ichidan nega aynan myunxenliklarga safiga o'tganiga izoh berib o'tdi.


- "Manchester Yunayted" rostan ham menga taklif bilan chiqqanini tasdiqlayman. Buni barcha bilsa kerak. Nafaqat ular, balki boshqa jamoalardan ham chaqiruvlar bo'lgandi. Ammo men "Bavariya"ni tanladim. Chunki "Bavariya" buyuk klub. "Alyanc Arena" juda katta stadion va unda "Bavariya" muxlislari fantastik muhitni vujudga keltirishadi. Bu borada "Bavariya" menga "Benfika"ni eslatib yuboradi. Myunxenliklar bilan bir qator sovrinlarga ega chiqishni va futbolchi sifatida o'sishni istayman.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com