Remzi APLdan ketmasdan, Manchester jamoasiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 21:55
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remzi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Oldinroq Remzining o'zi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmasligini tasdiqlagandi. Shu boisdan u yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Hozirda "Manchester Yunayted" uelslikni o'z tarkibiga jalb etish imkoniyatlarini chamalab chiqmoqda.

Bu mavsumda Aaron "Arsenal" tarkibida 8 o'yinda qatnashdi va 1 gol urib, 2 golga assistentlik qildi. Oldinroq "Manchester Siti" ham uni transfer qilishi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror