Remsi Evro-2016da Angliya bilan o'ynashni istaydi

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2015, 20:08
Uels terma jamoasi futbolchisi Aaron Remsi Fransiyada bo'lib o'tadigan Yevropa chempionatida Angliyaga qarshi maydonga tushishga qarshi emasligini aytib o'tdi.

"Evroda inglizlar bilan ko'rishishga qarshi emasman. Albatta, bu haqida "Arsenal"dagi jamoadoshlarim bilan ham hazillashib turaman. Lekin, Angliya - Uels to'qnashuvi doimo muhim ahamiyat kasb etgan", - deydi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi Evro-2016 yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Uels esa bunday imkoniyatga juda yaqin turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru