
“Agar Ronaldu Beylning “Real”ga kelganidan o'zini noqulay his etsa, Krishtianu hech qanday qiyinchiliksiz Garetning klubdagi hayotini sahroga aylantirishi mumkin. Agar voqealar rivoji shu tartibda davom etaversa Beyl ingliz tulini puxta biladigan Karlo Anchelottidan yordam so'rashi hech gap emas.
Lekin yaxshisi birinchi navbatda Ronaldu bilan kelishish kerak. Agar ular maydonda bir-birini yaxshi tushinishsa unda barchasi ko'ngildagidek bo'ladi”, - deya ta'kidladi Rednapp.
Eslatib o'tamiz, Garet Beyl o'z vaqtida “Tottenxem”da Rednapp bilan birga ishlagan.