Rednapp: "Menga Modrich yarim himoyada 10 daqiqaga ham yaramaydi deyishgan"

Sherzod Nurmatov
14 dek 2022, 11:27
"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Harri Rednapp London klubida birga ishlagan Luka Modrich borasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Luka – futbol dahosi va ajoyib inson. U bilan bir daqiqa ham muammo bo'lmagan. Har kuni qattiq mashq qilardi, oilasiga juda e'tiborli edi. Zo'r futbolchi va qoyilmaqom inson.

"Tottenxem"da uni yarim himoya markaziga qo'ygandim, o'shanda odamlar menga: "U bu nuqtada o'ynay olmaydi, kuchi yetmaydi, 10 daqiqaga ham chidamaydi", deyishgan. Lekin Luka qanday futbolchi ekanligini isbotlagan!”, – dedi Rednapp intevryuda.

Eslatib o'tamiz, Modrich yetakchiligidagi Xorvatiya kecha JCH yarim finalida Argentina bilan bahs yuritib, yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport