"Real"ning to'rt futbolchisida koronavirus aniqlandi

Оқил Абдубарноев
29 dek 2021, 21:36
"Real Madrid" jamoasining to'rt nafar futbolchisi koronavirusga chalindi.

Darvozabon Tibo Kurtua hamda yarim himoyachilar Federiko Valverde, Eduardo Kamavinga va Vinisius Juniorda ijobiy natija qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" navbatdagi o'yinini 2 yanvar kuni safarda "Xetafe"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: realmadrid.com