"Real"ning sobiq futbolchisi Mourinyoning bergan vadasini aytdi

Mirjalol Normatov
28 sen 2018, 20:13
"Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Xose Rodriges murabbiy Joze Mourinyoning vadasi haqida gapirdi.

"Mourinyo meni dunyodagi eng mashhur lo'liga aylantirishini vada bergandi. Bunga to'xtamasdan kulgandim. Dunyoning eng yaxshi murabbiyi menga shunday deganini odamlarga qanday qilib tushuntirishni ham bilmasdim. Oradan 6 yil o'tgan bo'lsa ham bu kunni kechagidek eslayman", - dedi 23 yoshli ispaniyalik.

Rodriges 2012 yilda Mourinyo qo'l ostida "Real"da debyutini o'tkazgandi. Hozirda xavbek Gollandiyaning "Fortuna Sittard" jamoasida harakat qilmoqda. Uning transfer huquqi "Makkabi Tel-Aviv"ga tegishli.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS