"Real"ning ikki futbolchisi koronavirusdan tuzaldi

Mirjalol Normatov
19 noya 2020
"Real" futbolchilari Eden Azar hamda Eder Militao koronavirusdan tuzaldi.

"Marca" xabariga ko'ra, ikki futbolchi ham 21 noyabr kuni "Vilyareal"ga qarshi bo'ladigan o'yinda qatnashishi mumkin bo'ladi. Oldinroq "Real" matbuot xizmati Kazemiro ham koronavirusni engib o'tganini ma'lum qilgandi.

29 yoshli Azar ushbu mavsumda "Real" tarkibida barcha turnirlarda 3 o'yinda qatnashdi va 1 gol urdi. 22 yoshli Militao ham 3 o'yinda ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca