"Real"ni musobaqadan chiqarib yuborishni istayman!" - Mourinyu Arbeloa va Madrid haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
16 fev 2026, 21:43
Hozirda Lissabonning "Benfika" klubini boshqarayotgan "Special One" - Joze Mourinyu Chempionlar Ligasi doirasidagi sobiq jamoasiga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Qaymoqranglilar" bilan to'qnashuv:

Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida "Benfika" Madrid klubini 4:2 hisobida mag'lub etgan edi. Endi jamoalar pley-off yo'llanmasi uchun yana to'qnash kelishadi.

Mourinyuning maqsadi va Arbeloaga tilagi:

"Men "Real" uchun borimni berganman. Odamlar meni yutuqlarim va xatolarim bilan hurmat qilishadi. Hozirgi holatga kelsak, men "Real"ni YCHLdan chiqarib yuborishni juda istayman!

Shu bilan birga, Alvaro Arbeloa La Ligada zafar quchishini va klubda uzoq vaqt qolishini xohlayman. U ajoyib yigit va bunga munosib", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Kelajak haqida:

Mourinyu "Benfika" bilan shartnomasida ketish borasidagi band juda oson ekanligini, biroq hozircha Madridga qaytish haqidagi mish-mishlarni ko'pirtirmaslik kerakligini ta'kidladi.

Aytish kerakki, Mourinyu davrida Arbeloa uning eng ishonchli futbolchilaridan biri bo'lgan. Endi esa ustoz va shogird Yevropaning eng nufuzli musobaqasida bir-biriga qarshi chiqishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca