"Real"ni YCHL finaliga olib chiqqan futbolchi Qatar jamoasida o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2024, 16:29
Mashhur insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Real" hujumchisi Xoselu faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

Dushanba kuni Xoselu va "Al Garafa" o'rtasidagi kelishuv amalga oshgani ma'lum bo'lgandi. Bundan "Real" ham xabardor



34 yoshli hujumchi "Al Garafa" bilan 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.

Ayni paytda barcha hujjatlar tayyorlanmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Xoselu "Bavariya"ga qarshi yarim finalning javob uchrashuvida dubl qayd etib, madridliklar finalga chiqishida katta hissa qo'shgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano