"Real"da koronavirus to'lqini

Sherzod Nurmatov
16 dek 2021
"Real Madrid"da COVID-19 bilan bog'liq bir nechta holatlar qayd qilindi.

Avvalroq yarim himoyachi Luka Modrich va jamoa sardori Marseloning testi musbat natijani ko'rsatgandi.

Bugun "qirollik klubi" rasmiy sayti vinger Rodrigo Goes, yarim himoyachi Marko Asensio, hujumchi Garet Beyl va ukrainalik darvozabon Andriy Luninda ham koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

Shuningdek, jamoa bosh murabbiyining yordamchisi, Karlo Anchelottining o'g'li Davide ham shu kasallik bilan og'ridi.

La Liga protokoliga ko'ra, agar jamoada 14 kishi (darvozabon + 13 maydon o'yinchisi) qaydnomada bo'lmasa, o'yin qoldiriladi. “Real”da 6 nafar futbolchi kasal bo'lib qolgan, qaydnomaga 19 kishi kiritilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com