"Real"da Benitesni Ronaldu bilan til topishishi kerakligi haqida ogohlantirishdi
Aslanov Jasurbek
15 sen 2015, 15:49
"Real" ustozi Rafael Benites jamoani boshqarishni boshlaganida, klub rahbariyati murabbiydan hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan til topishish kerakligi haqida ogohlantirgan.
Bu haqda MARCA gazetasining sobiq bosh muharriri Eduardo Inda ma'lum qildi.
"Benites - recidivist, uning muammosi shunda. Klub uni Ronaldu bilan til topishi kerakligi haqida ogohlantirgan" - deydi Inda.