"Real" "Zenit"dan futbolchi sotib olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
23 dek 2023
"Zenit" futbolchisi Robert Renan qishda "Real"ga o'tishi mumkin.

Madridliklar 20 yoshli himoyachini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchilar. 

Avvalroq "Real" futbolchi uchun 40 million evro to'lashga tayyor ekanliklari haqida xabarlar tarqalgandi.

"Real" David Alaba jarohat olganidan so'ng markaziy himoyachi izlamoqda. 

Bungacha Renanga "Internasonal" va "Korintians" jamoalaridan qiziqish borligi ma'lum qilingandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS