“Real” Zaniolo uchun kurashga qo'shildi

22 iyul 2019, 07:10
“Roma” yarim himoyachisi Nikolo Zaniolo Madridga ko'chib o'tishi mumkin.

“Real” tez orada Garet Beyldan xalos bo'ladi. Shundan so'ng Madrid klubi o'z safiga “Roma”dan Nikolo Zanioloni sotib olishni xohlamoqda. Futbolchiga ayni damda “Yuventus”, “Milan” va “Tottenxem” qiziqish bildirgan. “Roma” futbolchini 50 mln evroga baholamoqda.

Ortda qolgan mavsum Zaniolo A Seriyada 27 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urib, 2 ta assistni amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca