"Real" Yulian Brandtga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
22 fev 2017
"Marca"ning ma'lum qilishicha, "Real" Leverkuzenning "Bayer" jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Yulian Brandtga qiziqmoqda.
"Qaymoqranglilar" 20 yoshli futbolchiga yozda klubni tark etishi mumkin bo'lgan Xames Rodriges va Iskolarning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Ammo, nemislar o'yinchini navbatdagi transfer oynasida sotmoqchi emaslar va "Bavariya"ga ham rad javobini berishgan. Leverkuzenliklar Brandtni kamida 2018 yilning yozigacha olib qolmoqchilar.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca