

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" yozgi transfer oynasida hujumchi sotib olish eng muhim vazifa deb hisoblashmoqda. "Yuventus" hujumchisi Vlaxovich va "Tottenxem" forvardi Risharlisonlar joriy mavsum "Real"ning 20ta o'yinidan 12tasida ishtirok etgan Karim Benzemaga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.
35 yoshli hujumchining ayni damdagi yagona o'rinbosari Mariano Dias bo'lib turibdi. Uning shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.



