“Real” yozda 8 futbolchini sotib yubormoqchi. Beyl esa erkin agent sifatida klubdan ketadi

Eldor Akmurzayev
4 apr 2022, 08:40
Bu haqda “Marca” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Real” yozda Dani Sebalos, Luka Yovich, Xesus Valexo, Mariano Dias, Kubo, Reyner, Alvaro Odriosola va Braim Diasni transferga qo'yib, yaxshina mablag' ishlab olishni ko'zlagan. Garet Beyl esa mavsum tugagach, klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Yovich va Sebalosga aniq takliflar bor. Valexoga ispan klublari davogarlik qilmoqda, Mariano esa “Lion”ga qaytishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca