"Real" yozda 500 mln. evro sarflashi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 mar 2019, 14:59
"Real" prezidenti Florentino Peres yozgi transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirish uchun 500 mln. evro mablag' ajratishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi"ning asosiy transfer maqsadlari "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba, "Chelsi" futbolchisi Eden Azar va PSJ forvardi Kilian Mbappe.

Yaqindagina jamoaga qaytgan fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan ushbu xaridlarga rozilik berdi.

Oldinroq, "Real" Mbappe uchun PSJga 280 mln. evro taklif qilishi hamda "Qirollik klubi" Azar bilan shartnoma borasida kelishib olgani e'lon qilingan edi.

LaLiga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS