"Real" yarim himoyachisi "Roma"ga o'tishi mumkin edi

Mirjalol Normatov
26 avg 2018, 12:10
"Roma" "Real" yarim himoyachisi Markos Lorenteni sotib olishga uringan.

"Football Italia" xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi jamoaning asosiy tarkib futbolchisi bo'lmagani uchun, "qirollik klubi"dan ketishga tayyor bo'lgan. "Roma" futbolchini ijaraga olishga ham uni transfer qilishga ham tayyor bo'lgan. Biroq "Real" Kovachich ketgani uchun Lorentni qo'yb yubormagan.

Lorente o'tgan mavsumda "Real" tarkibida 13 o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia