"Real" yaqin ikki hafta ichida Mbappeni sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2023
"Real" yaqin vaqt ichida PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferini rasmiylashtirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi transferni LaLiga startigacha, yaqin ikki hafta ichida yakuniga etkazmoqchi. Biroq na Mbappe va na PSJ "Real"ga so'nggi narxni aytishmagan, shu sababli "Qirollik klubi" ushbu xarid ustida faol harakat qilishmayapti.

Manbalarning xabar berishicha, "Real" kelishuvni amalga oshirishga tayyor. Klubdagilar transfer uchun 200 mln. evrodan ko'proq mablag' kyetishini yaxshi tushunishmoqda.

Madrid klubi Mbappega 2029 yilgacha bo'lgan bitim taklif qilmoqchi. "Real"dagilar yangi "Santyago Bernabeu"ni Mbappe va Bellingem kabi yulduz futbolchilar bilan ochishni reja qilishmoqda.

Ayni damda Karlo Anchelotti qo'l ostida bitta "toza" hujumchi bor - Xoselu. "Real"dagi 9-raqam hech kimga berilmagan.

Oldinroq, PSJ Kilian uchun 250 mln. evro talab qilishi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN