"Real" yaponiyalik "Messi"ni xarid qilishga yaqin

Alisher
14 iyun 2019, 15:00
Madridning "Real" klubi "Tokio" hujumchisi Takefusa Kubo bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Xabarlarga ko'ra, 18 yoshli yaponiyalik futbolchiga shuningdek "Bavariya", "Manchester Siti", PSJ va "Barselona" klublari ham qiziqmoqda.

Kubo 2011 yilda "Barselona"ning taklifiga binoan klubning yoshlar jamoasi tarkibiga borib qo'shilgan. Biroq, 4 yil oldin FIFA tomonidan kataloniyaliklarga qo'yilgan taqiq sabab, u jamoa akademiyasini tark etishga majbur bo'lgandi.

Futbolchi joriy mavsum 14ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS