"Real" yanvargacha Mbappe transferi hal bo'lmasa, e'tiborini Xulian Alvaresga qaratadi

Omonjon To`xtamirzayev
11 sen 2023, 14:12
“Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Qirollik klubi" yanvar oyigacha Kilian Mbappe bilan bog'liq vaziyatni kuzatib boradi va agar qishki transfer oynasi vaqtida ham francuz "Real" bilan shartnoma imzolamasa, ispanlar e'tiborlarini "Man Siti" forvardi Xulian Alvaresga qaratadi.

Ma'lumot uchun, Xulian Alvares ushbu mavsum "Siti" tarkibida 6 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Uning transfer summasi 60 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports