"Real" yangi futbolchisini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
30 may 2025
Trent Aleksander-Arnold "Real"ga o'tdi.

Bu haqda "Qirollik klubi"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari e'lon qildi.

Trent Aleksander-Arnold hamda "qaymoqranglilar" o'rtasida tuzilgan bitim 2025 yilning iyunidan kuchga kiradi va u 6 yilga mo'ljallangan.

Fabricio Romanoning yozishicha, futbolchining shartnomasidagi tovon puli milliard evro qilib belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com