

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, Madrid klubi 16 yoshli futbolchi uchun "Palmeyras"ga 60 mln evro to'laydi. Dekabr oyi yakunigacha barcha hujjatlar rasmiylashtiriladi. Tomonlar transferni to'liqligicha kelishib bo'lishgan.
Braziliyalik futbolchi 2024 yili "Real"ga o'tadi. Endrik Braziliya chempionatining ushbu mavsumida 7 o'yinda 3 gol urdi.




