"Real" Xabi Alonso xohishiga binoan "Enfild"da jamoaviy mashg'ulot o'tkazmaydi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2025, 19:59
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso YCHL doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yindan bir kun oldin futbolchilar bilan "Enfild"da mashg'ulot o'tkazmaslikka qaror qildi.

Bu haqda "Marca" yozdi.

Nashr xabariga ko'ra, jamoa Madridda tayyorgarlik ko'radi. O'yin 4 noyabrdan 5 noyabrga o'tar kechasi Liverpulda bo'lib o'tadi.

Joze Mourinyu ilgari ham shunga o'xshash usuldan foydalangan. Portugaliyalik murabbiy raqib maydonida mashg'ulot o'tkazmagan "qaymoqranglilar"ning birinchi va yagona murabbiyi bo'lib, o'yindan oldingi mashg'ulotlarni "Valdebebas"da o'tkazishni afzal ko'rgan.

"The Athletic" jurnalisti Mario Kortegananing ma'lum qilishicha, Alonsoning mashg'ulotdagi usullari haqida gapirar ekan, basklik murabbiy tomonidan kiritilgan yangi qoidalar tufayli jamoa kiyinish xonasida keskinlik kuchayib bormoqda. Klubdagi manbalarning takidlashicha, Alonso yanada intensiv mashg'ulotlar jadvalini joriy qilgan, futbolchilar sport zalida o'tkazadigan vaqtini ko'paytirgan va o'yin tahlili uchun majburiy videosessiyalarni tashkil etgan, bu esa hamma futbolchilarga ham yoqmaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca