"Real" Vinisius bo'yicha katta transfer taklifini oldi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026
Madrid klubi vinger Vinisius Junior uchun juda yirik transfer taklifini qabul qildi.

"indykaila News"ning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni klublaridan biri braziliyalik futbolchi uchun taxminan 200 mln funt to'lashga tayyor ekanini bildirgan.

"Qaymoqranglilar" esa 2026 yilgi yaqin qishki transfer oynasida futbolchini sotish masalasi umuman ko'rib chiqilmasligini ma'lum qildi. Klub rahbariyati mavsum o'rtasida jamoaning yetakchilaridan biri bilan xayrlashish niyati yo'qligini ehtimoliy xaridorga etkazgan.

Vinisius Junior 25 yoshda. U 2018 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda va shu vaqt ichida madridliklarning hujum chizig'ida asosiy figuraga aylangan. Vinger ushbu mavsum barcha musobaqalarda 29 o'yinda qatnashib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Braziliyalik futbolchining Ispaniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Vinisiusning transfer qiymati taxminan 150 mln evroni tashkil etadi.

Avvalroq Vinisius muxlislar munosabati sabab "Real"ni tark etishga qaror qilgani aytilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: indykaila News