"Real" Varanning o'rniga kimni xarid qilishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
29 mar 2019, 12:43
"Real" jamoani tark etishi kutilayotgan himoyachi Rafael Varan o'rniga futbolchi topib qo'ydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik o'rnini "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali egallaydi. 27 yoshli senegallik xizmatlariga "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidanning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.

Kulibalini xarid qilishda muammoga aylanadigan yagona narsa transfer narxi bo'lishi mumkin. Himoyachining bozor narxi 70 mln. evroga baholanmoqda, biroq uning shartnomasidagi tovon puli 150 mln. evro. Neapolliklar o'z futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas. "Real" himoyachini sotib olish uchun tovon pulini to'lashiga to'g'ri keladi.

Oldinroq, Varan faoliyatini "Yuventus" yoki "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS