"Real" va "Liverpul" kutilmagan almashuvni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025
Angliyaning "Liverpul" va Ispaniyaning "Real" klublari yangi mavsum boshlanishi arafasida o'zaro o'yinchi almashmoqchi.

Mersisaydliklar hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida, shuning uchun ular braziliyalik vinger Rodrigo xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" fransiyalik himoyachi Ibraima Konateni jamoaning Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi omadsizligi va Fransiyaning PSJ jamoasidan qabul qilib olingan alamli mag'lubiyatidan (4:0) so'ng safiga qo'shib olmoqchi.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, jamoalar o'yinchilarni almashish imkoniyatini o'rganmoqda. "Liverpul" Konate va Rodrigoning transfer qiymatidagi farqni qoplashga tayyor, chunki braziliyalik futbolchi fransiyalikdan 30 million evroga qimmatroq (90 va 60).

Angliya chempioni futbolchisini tekinga yo'qotmoqchi emas – himoyachining shartnomasi bir yildan keyin tugaydi, u hamkorlikni davom ettirmaydi. Shu sababdan "Liverpul" madridliklarga Rodrigoni berishni taklif qildi va buning evaziga "qaymoqranglilar" Konate va 30-35 million evro oladi.

Ayni damda "qirollik klubi" vingerning kelajagi bo'yicha yakuniy qarorga kelmagan, biroq uning kyetishiga to'sqinlik qilmoqchi emas. "Real" almashuvga rozi bo'lishi mumkin, lekin avvalo Angliyadan kelgan taklifni o'rganib chiqadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports