"Real" va "Bavariya" "Gladbax" xavbeki Noyxausga qiziqmoqda. U yozda klubini o'zgartirmoqchi

Alisher
12 yanv 2021, 16:47
Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Florian Noyxaus tez orada klubini o'zgartirishi mumkin.

"Bavariya" va "Real" yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishni xohlayotgan va top-klubga yo'l olishni xohlayotgan 23 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.

O'yinchining "Gladbax" bilan tuzgan shartnomasida tovon puli 39 mln evro etib ko'rsatilgan. Bu futbolchi uchun katta narx, sababi bitim pandemiya boshlanishi paytida tuzilgan.

Futbolchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky