

Buning uchun “Xetafe” “Real”dan Takefusa Kubo hamda “Barselona”dan Karles Alenyani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Jamoa ularni mavsum so'ngiga qadar ijaraga olishni rejalashtirgan. “Real” va “Barselona” o'z futbolchilarini qo'yib yuborishga qarshi emas. Faqat ushbu ijara shartnomasi uchun futbolchilarning roziligini olish qolgan. Qayd etish joiz, 19 yoshli Kubo mavsum avvalida “Vilyarreal”ga ijaraga berilgandi. Biroq yaponiyalik u yerda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'la olmadi.



