

Ma'lum bo'lishicha, 19 yoshli futbolchiga "Barselona" va "Real" tomonidan qiziqish bildirilmoqda.
Zaxaryan uchun kurashda hozircha "Chelsi" yetakchi hisoblanmoqda.
Avgust oxirida "Chelsi" futbolchining transferi borasida "Dinamo"ga murojaat qilgan. Tomonlar muzokara olib borishgan va yakuniy kelishuvga erishishgan. Lekin, texnik sabablarga ko'ra yozda ushbu transfer amalga oshmay qoldi.


