"Real" "Tottenxem" futbolchisi uchun Xamesdan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
22 yanv 2019, 12:45
"Real" yozgi transferlar oynasi vaqtida Xames Rodrigesdan voz kechishi mumkin.

AS xabariga ko'ra, klub Kristian Eriksenning narxini tushurish uchun 27 yoshli futbolchini "Tottenxem"ga berib yuborishi mumkin. Daniyalik futbolchi "blankos"ning asosiy maqsadi bo'lib turibdi.

Xames 2017 yildan buyon ijara asosida "Bavariya"da harakat qilmoqda. Myunxenliklar kolumbiyalikni 42 million evroga xarid qilishi mumkin. Uning xizmatlariga "Arsenal" tomonidan qiziqishlar bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS