"Real Sosedad" o'ziga rasman yangi murabbiy topdi

Omonjon To`xtamirzayev
21 dek 2025, 16:28
La Liga 17-turi doirasida "Levante" o'z maydonida "Real Sosedad" bilan durang (1:1) qayd etdi.

O'yinning birinchi bo'limi yakunida Takefusa Kubo mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsada, "Sosedad" 20-o'rindagi jamoani mag'lub etishni uddalay olmadi. 90+4-daqiqada Adrian de la Fuente penaltidan unumli foydalanib, Ion Ansotegi boshchiligidagi jamoani g'alabadan quruq qoldirdi. 

Mazkur durangdan keyin ham "Levante" 20-pog'onada qoldi, "Real Sosedad" esa 17 ochko bilan 16-o'rinda va jamoani xavfli zonadan 2 ochkogina ajratib turibdi. Ehtimoliy darajasi juda past bo'lsada, mabodo, bugun "Jirona" o'z maydonida "Atletiko Madrid"ni engib qo'ysa, san-sebastyanliklar 17-pog'onaga tushadi. 

Klub rahbariyati bunday natijalardan qoniqmayotgani turgan gap, shu sababli bu turdagi omadsizlikdan so'ng, jamoa bosh murabbiyi alishtirildi. Endilikda jamoa boshqaruvini amerikalik-italiyalik mutaxassis Pellegrino Mataracco o'z qo'liga oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati o'zining X (Tvitter) tarmog'idagi rasmiy sahifasi orqali e'lon qildi. 

28 noyabr sanasida 48 yoshni qarshilagan Mataracco bungacha Germaniyaning "Nyurnberg", "Xoffenxaym" va "Shtutgart" klublari faoliyat olib borgan. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia