“Real” sobiq posboni: “Ronaldu Raul kabi o'zini o'ylaydiganlar toifasidan”

Eldor Akmurzayev
23 apr 2020, 21:40
“Qirollik klubi” 2011 yil faoliyatini yakunlagan polshalik posbon Eji Dudek sobiq jamoadoshlari Raul Gonsales hamda Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

“Ronaldu mag'rur, ammo u sahna ortida normal yigit. Muhimi esa insonlar uni qanday qabul qilishida. 

U Raulga o'xshab, o'zini o'ylaydiganlar toifasidan, raqobatni xohlaydi va tabiatan g'oliblikka moyildir. Ikkalasi ham 5:0 natijasi va boshqa futbolchilarning to'p kiritganidan ko'ra, o'zlari urgan gollar evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozonishni afzal ko'rishadi”, deya yozgan Dudek o'z avtobiografiyasida.

Dudek: “Messi va Gvardiola buyuk provokatorlar”

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca