Raulning navbatdagi manzili Ispaniya U-21 termasi bo'lishi mumkin - muzokaralar boshlandi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2025, 12:34
"Real" afsonasi Raul Gonsales Ispaniya U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar orasida.

Raul Ispaniya U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Santi Deniya o'rniga asosiy nomzod bo'lib chiqdi. "Kastilya"dagi 6 yillik faoliyatini yakunlagan Raul hozirda Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) bilan muzokaralarning dastlabki bosqichida.

Amaldagi bosh murabbiy Deniya jamoasi Evro-2025dan chiqib ketganidan keyin o'z lavozimini tark etmoqchi.

47 yoshli mutaxassis “Kastilya”ni Xabi Alonso “Real” bosh murabbiy etib tayinlangani sababli tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana