

Oldinroq, Ronaldu Messi va Neymar undan ko'p maosh olayotganini hazm qilolmayotganini va bu ikki futbolchidan ko'proq pul topish niyatida ekanligi e'lon qilingan edi. Messi Kataloniya klubi bilan shartnomasini uzaytirganidan so'ng, uning yillik maoshi 50 mln. evro bo'ldi. Ronalduning fikricha, uning faoliyatidagi beshinchi "Oltin to'p" kattaroq daromadga imkon beradi.



